Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda 108 yoshli opasini ko`rgani borgan 105 yoshli otaxonning suhbati aks etgan video tarqaldi. Undagi ikki keksa jigarning suhbatini ko`rgan borki, xavasda bo`ldi.
"Zamon" informasion dasturi ijodkorlari 105 yoshli otaxonning uyida bo`lishdi.
Ma`lum qilinishicha, Ibrohim otaning tug`ilganlik haqidagi guvohnomasiga 1924 yil deb yozilgan. Ammo u paytlarda bola o`zini esini taniganidan keyin guvohnoma qayd etilgan. Otaning farzandlari o`zining yoshi katta qarindoshlaridan Ibrohim otaning yoshlari aslida 105-106 ekani haqida bilganlar. Bu nuroniy inson 5 marta muqaddas Haj ibodatini ado etgan. Eng ahamiyatli ma`lumot shuki, Ibrohim ota Xo`ja Ahmad Yassaviy avlodidan ekan. Buni isbotlovchi hujjatlari ham o`zlarida saqlanmoqda. Unga ko`ra otaxonning otasi asli turkistonlik bo`lib, Xo`ja Ahmad Yassaviyning 7-avlodi hisoblanadi. Shuningdek, hozirda Ahmad Yassaviy yozuvi bitilgan misdan yasalgan muhr ham Ibrohim otada saqlanmoqda. Otaxonning aytishicha, bu muhr shajaradan faqat unda bor.
Ibrohim ota 40 yil avval turmush o`rtog`idan ayrilgan va shundan so`ng yolg`iz o`zi farzandlarini tarbiyalab, uyli-joyli qilgan. Otaxon uzoq umr ko`rish siri halol mahnat qilib, yashashda deb ta`kidlaydi. 60dan ortiq nabiraning 40-si bo`lmish Afzalxonning aytishicha, otaxon sut-qatiq mahsulotlarini ko`p iste`mol qilar ekanlar.
Ibrohim otaning opalari Gavharxon ona ham Namangan tumani markazida istiqomat qilar ekan. Onaxonning 6 farzandi bo`lib, hozirda ular kenja farzandlari bilan yashaydilar..






