AsosiySport

«O`zbekneftgaz» boshqaruv raisi «Bunyodkor» klubi prezidenti bo`ldi

'«O`zbekneftgaz» boshqaruv raisi «Bunyodkor» klubi prezidenti bo`ldi'ning rasmi

“Bunyodkor” futbol klubi Kuzatuv kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda klub moddiy-texnik bazasini yana-da mustahkamlash, musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash va boshqa bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari ushbu yig‘ilishda, Kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan klubga yangi prezident tayinlash masalasi ham ko‘rib chiqildi va nafaqat O‘zbekistonda, balki Osiyoda ham o‘z nomi va o‘rniga ega bo‘lgan “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Razzoqovich Abdullayev rasman “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti etib tayinlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga “O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati xabar qildi. 

"O‘z navbatida, Abdullayev Mehriddin Razzoqovichga “Bunyodkor» futbol klubi prezidenti lavozimi davrida katta omad va zafarlar tilab, ularning rahbarligi ostida “Bunyodkor” o‘zining  shonli tarixi qaytishiga, jamoamiz yana chempionlik uchun kurashishiga, Osiyo chempionlar ligasida yana muntazam tarzda to‘p surishiga ishonamiz!"- deyiladi xabarda. 

Maʼlumot uchun: Mehriddin Abdullayev 1969 yil Buxoro viloyati Jondor tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi – iqtisodchi, huquqshunos. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston milliy banki va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar