Qamashi tog`lari shifobaxsh giyohlar, tabiiy boyliklar va turli ajoyibatlarga boy. Qizilqishloq qishlog`ida yashovchi Zarifa Yusupova tog`ning ana shunday ajoyibotidan oqilona foydalanish yo`lini topganlardan biri. Baland tog`lardan tushib kelayotgan suvning bosimini yuqoriligi sabab, tabiiy ravishdagi "avtomoykalar" bilan avtomashinlarga xizmat ko`rsatib kelmoqda. Bu haqda Qamashi tuman hokimligi rasmiy kanali xabar bermoqda.

— 4 nafar farzandim bor, qishloqda ish topa olmagach, tog‘dan kelayotgan yuqori bosimdagi suv bilan avtomashinlarni yuvishga kirishganimga ham 4 yildan oshdi. Hozirda odamlar o‘rganishdi va turmush o‘rtog‘im bilan birgalikda avtomashinalarga xizmat ko‘rsatayapmiz. Oilamizga shu yo‘l bilan daromad olib kelayapmiz, deydi ayol.

Zarifa opani avtomashinalarga o`zgacha ishtiyoq bilan xizmat qilayotganini kuzatib, xalqimizning "Izlagan imkon topar" degan maqoli yodingizga tushadi.






