1

Rossiya bilan hamkorlikda yangi O`zbekiston haqida film suratga olinmoqda

Madaniyat 02.03.2021, 14:51
Rossiya bilan hamkorlikda yangi O`zbekiston haqida film suratga olinmoqda

"O`zbekkino" Milliy agentligi Rossiyaning "Masterskaya" kinokompaniyasi bilan hamkorlikda “O`zbekiston. Yangilanayotgan tarix”  hujjatli filmi ustida ishlamoqda. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 20 noyabr kuni “O`zbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan suratga olinayotgan ushbu film O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlanadi. Unda yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar haqida hikoya qilinadi.

Film ijodkorlari joriy yilning fevral oyida tasvirga olish ishlari bilan Toshkent shahriga tashrif buyurishdi.

Shu o`rinda ta`kidlab o`tish joizki, “Masterskaya” kinokompaniyasi Rossiyaning eng yirik hujjatli filmlar ishlab chiqaruvchi tashkiloti hisoblanadi. Kinokompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan filmlar “ORT” hamda “Rossiya” telekanallari orqali namoyish etib boriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1