Bunaqasi oldin bo`lmagan! Endilikda uyning bo`lajak egasi er ajratishdan boshlab, topshirilishiga bo`lgan barcha jarayonlarda ishtirok etishini ta`minlaydigan tizim yaratiladi, deya xabar qiladi Darakchi muxbiri. Bu haqda mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida o`tkazilgan videoselektorda ma`lum qilindi.
“Uy egasi har kuni kelib qurilish ishlarini ko`rsin, quruvchiga xatolarini ko`rsatsin, sifatni o`zi ham nazorat qilsin. Har bir loyiha ipoteka veb-portaliga joylashtirilishi va barcha uchun ochiq e`lon qilinishi, aholi fikrini bildirishi uchun imkoniyat bo`lishi kerak. Ikki oy muddatda bo`lajak uy egalariga loyiha planirovkasi, ishlatiladigan qurilish materiallari, narx-navo shakllanishi kabi masalalarni tushuntirib beradigan tizim yaratish zarur. Uylar qurilishiga salohiyatli mutaxassislar, etarli moddiy-texnik bazaga ega, moliyaviy barqaror pudrat tashkilotlarini reyting tizimi asosida jalb qilish kerak”, - dedi davlat rahbari.
Biroz avval fuqarolarga yakka tartibda uylar qurish uchun ham kreditlar ajratilishi haqida xabar bergan edik.
03.03.2021 22:00
Uylarning bo`lajak egalari qurilish sifatini nazorat qilish imkoniga ega bo`lishadi






