1

Qashqadaryoda erkak pulni oz topishidan noligan xotinini kaltaklab, o`ldirib qo`ydi (video)

Jamiyat 04.03.2021, 14:55
Qashqadaryoda erkak pulni oz topishidan noligan xotinini kaltaklab, o`ldirib qo`ydi (video)

Joriy yilning fevral oyida Qarshi tumanining Dasht mahallasidagi oilalarning birida dahshatli qotillik sodir bo`ldi. 55 yoshli erkak o`z xotinini do`pposlab o`ldirdi. Erta tongda qo`shnilarini uyg`otib, xotini xushidan ketib yiqilganligini aytadi. 

Yuz bergan ushbu fojea sabablariga izoh bergan qo`shnilarning ma`lum qilishicha, ayol hech erining urib-so`kishi haqida gapirmagan, pulni oz olib kelishi, bu esa ro`zg`or harajatlariga  etmayotganligidan noligan.  Mahalla raisi ushbu oila notinch oilalar ro`yxatida turmaganligini ta`kidlaydi.

Qotillik muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilishdan ma`lum bo`lishicha, janjalga bolalar uchun beriladigan nafaqa puli sabab bo`lgan. Er-xotin o`rtasida tun bo`yi davom etgan janjal tongda erning jinoyati bilan yakunlangan. 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1