Boyovutlik Malika Jumaeva yosh bo`lishiga qaramay 8 yoshgacha bo`lgan bolalar o`rtasida o`tkazilgan shaxmat musobaqasida mutlaq g`olib bo`lib, O`zbekiston chempioniga aylangan. 2018 yilda 8 yoshgacha bo`lgan bolalar o`rtasida o`tkazilgan Osiy chempionatida 4-o`rinni egallagan bo`lsa, 2019 yilning avgust oyida Xitoyda o`tkazilgan Jahon chempionatida erishgan natijalariga ko`ra kuchli o`nlikdan o`rin oldi. Bu haqda Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Joriy yilning 24 fevralda Toshkent shaxrida 6-8-10-12 yoshli bolalar o`rtasida boshlangan O`zbekiston cheiptonati 5 mart kuni o`z yakuniga etdi. Respublika chempionatida Mamatqul Xaylaev yaratib ketgan shaxmat maktabi tarbiyalanuvchilari bo`lgan Sirdaryo viloyati terma jamoasi ham munosib qatnashishdi.
10 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasida 9 imkonyatdan 7,5 ochko jamg`argan Malika Jumaeva ikkinchi marotaba O`zbekiston chempioni bo`ldi.
Endi Malika Jahon chempionatida O`zbekiston terma jamoasi nomidan qatnashadi.






