«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La Ligada fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
33 yoshli argentinalik qishning so`nggi oyida chempionat doirasida 5ta o`yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.
Da`vogarlar orasida Aleksandr Isak («Real Sosedad»), Yassin Bunu («Sevilya»), Tibo Kurtua («Real»), Aleks Berenger («Atletik»), Nabil Fekir («Betis») va Xose Luis Morales («Valensiya») ham bor edi.






