1

Janubiy Koreyada chop etiladigan ilmiy elektron jurnalning joriy yildagi birinchi soni Alisher Navoiy ijodiga bag`ishlanadi

Madaniyat 06.03.2021, 10:57
Janubiy Koreyada chop etiladigan ilmiy elektron jurnalning joriy yildagi birinchi soni Alisher Navoiy ijodiga bag`ishlanadi

O`zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida Evroosiyo va turkiy tillar tadqiqotlari instituti direktori O In Kyong bilan uchrashuv bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Tadbirda koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, O`zbekiston va Janubiy Koreya o`rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik faol rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etilib, mazkur yo`nalish ikki tomonlama munosabatlarning muhim tarkibiy qismi ekani ta`kidlandi.

Bugungi kunda Janubiy Koreyaning Dong-Donk ayollar universiteti (Dongduk Women’s University) qoshida faoliyat yuritadigan Evroosiyo va turkiy tillar tadqiqotlari instituti bilan O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy til va adabiyot instituti hamda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi o`rtasida hamkorlik aloqalari o`rnatilgan.

Muloqotda o`zaro hamkorlikni kengaytirish borasida katta imkoniyatlar mavjudligi hisobga olinib, joriy yilda qator tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi. Shoirlar sultoni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ma`lumot berildi.

Evroosiyo va turkiy tillar tadqiqotlari instituti direktori o`zi rahbarlik qilayotgan tashkilotda ham Navoiyning ilmiy merosini o`rganishga qiziqish katta ekanini bildirdi.

O In Kyong institut tomonidan har yili ikki marta chop etiladigan “Evroosiyo va turkiy tillar tadqiqoti” elektron jurnalining joriy yildagi ilk sonini Alisher Navoiy tavalludiga bag`ishlanishini ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1