AsosiyJamiyat
2013

Namangan shahri va yana 2 tumanda 2 kun ichimlik suvi ta`minoti to`xtatiladi

'Namangan shahri va yana 2 tumanda 2 kun ichimlik suvi ta`minoti to`xtatiladi'ning rasmi

Namangan suv ta`minoti» MChJ axborot xizmati Namangan shahri, Uychi va Namangan tumanlari aholisi hamda korxona, tashkilot rahbarlariga ogohlantirish bilan chiqdi. Bu haqda "Xalq so`zi" xabar berdi. 

Xabarga ko`ra, 2021 yil yoz mavsumiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida viloyat hokimligi bilan kelishilgan tadbirlar rejasiga muvofiq Namangan shahri, Uychi va Namangan tumanlari hududlarini ichimlik suvi bilan ta`minlovchi «Jiydakapa-Namangan» 1-2-3 magistral suv quvurlarida mavjud nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2021 yil 9 mart tungi 02:00 dan 11 mart soat tungi 02:00 gacha «Jiydakapa» inshootidan ichimlik suvi berish to`xtatiladi.

Nosozliklarni bartaraf etish jarayonida Namangan shahrining «Janubiy aylanma yo`li», Boburshoh, Marg`ilon va ularga tutash ko`chalarda, Yangi qurilish, Yangi hayot, Barkamol avlod, Yakkatut, Objuvoz, Sohibkor, Qadamjoy, Lola mahallalarida, Uychi ko`chasidagi ko`p qavatli uylarda, Uychi tumanining Jiydakapa, O`nxayat, Mashad, Namangan tumanining Qurama, Eshobod, 1-2-Qumqo`rg`on, Ne`matjon, G`alcha, Qo`qonqishloq, Xonobod qishloqlarida ichimlik suvi ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

«Iste`molchilardan avvaldan uzr so`ragan holda ichimlik suvi zaxirasini yaratib qo`yishlarini so`raymiz», deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar