AsosiyJamiyat

Bugun harorat biroz ko`tarilib, yog`ingarchiliksiz kun bo`ladi

'Bugun harorat biroz ko`tarilib, yog`ingarchiliksiz kun bo`ladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublikada bulutli ob-havo bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 14-19° iliqgacha isiydi.

Poytaxtimizda havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-17° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida bulutli ob-havo bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-10° iliqni tashkil etadi.

 

    Boshqa yangiliklar