Bugun, 9 mart kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida gaz ta`minotida uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda tuman hokimligi Axborot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, tumanning ayrim hududlarida gaz ta`minotida ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi. Shu sababdan soat 09:00 - 18:00 oralig`ida quyidagi hududlarda gaz ta`minotida uzilish bo`ladi:
“Qumariq” MFY - 1930 ta erli aholi xonadonlari;
“Quruvchilar” mavzesidagi 39 ta ko`p qavatli uylarning - 4000 ta aholi xonadonlari.