«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Matbuot xizmati Toshkent-Tbilisi-Toshkent yo`nalishi bo`yicha muntazam qatnovlar tiklanganligini ma`lum qildi.
Parvozlar 30 martdan boshlab haftasiga 2 marotaba seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi:
Seshanba kunlari:
- Toshkent-Tbilisi (uchish 16:10da, qo`nish 18:30da)
- Tbilisi-Toshkent (uchish 19:30da, qo`nish 23:30da)
Juma kunlari:
-Toshkent-Tbilisi (uchish 20:40da, qo`nish 23:00da)
Shanba:
- Tbilisi-Toshkent (uchish 00:30da, qo`nish 04:30da)