Jizzax viloyati Forish tumani Uchma mahalla fuqarolar yig`ini hududidan o`tgan “Jizzax - Forish - Qizilcha” 4R-36 yo`lining 85- kilometrida yo`l transport hodisasi ro`y berdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Navoiy viloyati Nurota tumani Sintop qishloq fuqarolar yig`inida yashovchi J.S. boshqaruvidagi “Cobalt” Forish tumani Qo`lba qishloq fuqarolar yig`inida yashovchi Z.D. boshqaruvidagi “GAZ-31” bilan to`qnashgan.
Ko`ngilsiz hodisa oqibatida “Cobalt”da yong`in kelib chiqdi va ushbu avtomashina haydovchisi J.S. hamda uning manzildoshi, yo`lovchi X.G. kuyish jarohatidan vafot etgan. Xuddi shunday, “GAZ-31” haydovchisi B.T. tuman tibbiyot birlashmasida ko`rsatilgan yordamga qaramasdan hayotdan ko`z yumgan. Mazkur avtomashinada bo`lgan haydovchining hamqishlog`i yo`lovchi I.E. esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaning travmatologiya bo`limiga yotqizildi.