1

Denovda yigit tanishlari bilan 20 yoshli qizni olib qochib ketib, "menga erga tegasan" deb majburladi

Jamiyat 10.03.2021, 10:56
Denovda yigit tanishlari bilan 20 yoshli qizni olib qochib ketib, "menga erga tegasan" deb majburladi

Denov tuman IIO FMB boshlig`i nomiga 20 yoshli Sug`diyona X. ariza bilan murojaat qildi, deya xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Unda qiz 2021 yilning 4 mart kuni soat 10:30 larda Denov tumani O`rikzor MFY hududida tanishi 28 yoshli Abdullo R. o`ziga tegishli «Spark» rusumli avtomashinasida uning oldiga kelib to`xtab, ikkita noma`lum shaxslar bilan unga nisbatan kuch ishlatib, majburlab avtomashinasiga o`tirg`izib, ikki nafar sherigi avtomashinadan yo`lda tushib qolganidan so`ng, «menga erga tegsang uyinga olib borib qo`yaman» deb shart qo`yib, olib qochib ketganligini bildirgan. Shunda Sug`diyona X. Abdullo R.dan qochib ketish maqsadida, unga turmushga chiqishga rozilik berib, ota-onasini ham rozi qilishga va`da berib uning qo`lidan qochganligini ma`lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to`sqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov davomida, Abdullo R. Sug`diyona X.ning erga tegib ketmasligi uchun olib qochganligini, uning sheriklari 25 yoshli Zuxriddin S. hamda 18 yoshli Asliddin E. ekanliklari aniqlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.   

Ma`lumot uchun, Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra, jinoyatni sodir etgan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1