Sinoptiklarni ma`lum qilishicha, 13-14 martda O`zbekiston hududiga Volga bo`yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Evropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
13-14 martda respublikada yog`ingarchilik (yomg`ir, 14 martga o`tar kechasi qorga aylanadi), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi.
Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida 13 martda qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin.
14-15 martda harorat kechalari 2-7° sovuqgacha, kunduz kunlari 2° sovuq-3° iliqgacha, Qoraqalpog`istonda kechalari 10-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 6-11° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqgacha pasayadi.
13-14 martda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.