“O`zbekkino” MA buyurtmasiga binoan rejissyor Yolqin To`ychiev tomonidan suratga olingan “Faridaning ikki ming qo`shig`i” badiiy filmi “Nika” kinomukofotining “Boltiqbo`yi va MDH mamlakatlarining eng yaxshi filmi” nominasiyasi uchun da`vogarlar ro`yxatiga kiritildi.
Mazkur nufuzli kinofestivalda Qozog`istondan ikkita film, rejissyor Ernar Nurgalievning “Jonim, sen ishonmaysanmi?” ("Janm, t ne poverish"), Adiljan Erjanovning “Sariq mushukcha” ("Jeltaya koshka"), Ozarbayjondan Xilal Baydarov Uzeyining “O`limdan o`limgacha” ("Ot smerti do smerti"), Qirg`izistondan rejissyor Artik Suyundikovning “Shambala” filmlari o`rin olgan.
Pandemiya tufayli 2019 yilgi “Nika”ning tantanali taqdirlash marosimi 2021 yilning bahoriga ko`chirilgandi.
Kinomukofotning 2019 va 2020 yilgi tantanali taqdirlash marosimi bir vaqtda 2021 yilning aprelida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
“O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati