Bugun, 10 mart kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i Bahodir Yusupaliev ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Unda ma`lum qilinishicha, mamlakatimizda har kuni 20-40 kishida koronavirus aniqlanmoqda. Tahlillarga ko`ra, oxirgi 3-4 haftada kasallanish ko`rsatkichi birmuncha pasaygan.
Hozirda ikkita asosiy yo`nalishda ish olib borilyapti:
1) emlash jarayonini tashkil etish. Bunda moddiy-texnika bazasi, kadrlar salohiyati va muzlatkich zanjirini saqlash masalasi ko`zda tutilgan;
2) vaksinalarni xarid qilish.
3168 ta emlash punkti va 860 dan ziyod mobil brigada tashkil etilgan. Bu yo`nalishda zarur vositalar uchun 6 milliard so`mdan ziyod mablag` ajratilgan va xarid jarayonlari amalga oshirilmoqda.
10 ming nafardan ortiq vaksinator, patronaj hamshiralari, 33 ming nafardan ortiq shifokor emlash jarayoniga tayyorgarlik ko`rishgan.