1

O`zbekiston fuqaroligi masalalarini ko`rib chiqish tartibi belgilandi

Jamiyat 11.03.2021, 10:42
O`zbekiston fuqaroligi masalalarini ko`rib chiqish tartibi belgilandi

Prezident Farmoni (PF–6185-son, 10.03.2021 y.) bilan O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalarini ko`rib chiqish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Nizomga ko`ra, O`zbekiston fuqaroligi masalalari yuzasidan iltimosnoma va arizalar:  

➖ O`zbekiston hududida yashab turgan shaxs tomonidan – doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga;

➖ O`zbekistondan tashqarida yashovchi shaxs tomonidan – O`zbekistonning konsullik muassasasi, shuningdek O`zbekiston diplomatik vakolatxonasining konsullik bo`limiga topshiriladi.  

Ota-onasi yoki ulardan birining fuqaroligi o`zgarganda ularning iltimosnomasiga ko`ra, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolaning fuqaroligi faqat uning yozma roziligi bilan o`zgartirilishi mumkin.  

18 yoshga to`lgan va muomala layoqatiga ega bo`lgan, O`zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs O`zbekiston fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish bo`yicha iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.  

Iltimosnoma 3 ish kunida o`rganib chiqiladi.  

 Ma`lumotlar 3 ish kunida “E-Fuqaro” idoralararo ma`lumotlar bazasiga kiritilib, materiallar Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyat ichki ishlar boshqarmalariga yuboriladi.

 “E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan o`tib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi chop etiladi.

Materiallar va tekshiruv varaqasi asosida 1 oylik muddatda xulosa tayyorlanib, ichki ishlar vaziri yoki uning o`rinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi hamda umumlashtirilgan axborot-ma`lumotnoma bilan birga ko`rib chiqish uchun Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari bo`yicha komissiyaga yuboriladi.

Nizom bilan shuningdek, O`zbekiston fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish tartiblari belgilandi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1