1

Qirg`iziston Prezidenti Toshkentga keldi. Uni Abdulla Aripov kutib oldi

Jamiyat 11.03.2021, 12:57
Qirg`iziston Prezidenti Toshkentga keldi. Uni Abdulla Aripov kutib oldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 11 mart kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.  

Qirg`iz Respublikasi O`zbekistonning strategik sherigidir. Bugun Ko`ksaroy qarorgohida ikki mamlakat etakchilari O`zbekiston – Qirg`iziston do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarining barcha yo`nalishlarini ko`rib chiqishi kutilmoqda.

Davlat rahbarlari uchrashuvi kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo, sanoat, transport, energetika, qishloq va suv xo`jaligi sohalarida ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni faollashtirish o`rin olgan.  

Shuningdek, oliy darajadagi muzokaralarda madaniyat, sog`liqni saqlash, ta`lim va turizm sohalarida qo`shma dasturlarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, Qirg`iz Prezidentining mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkentda O`zbekiston – Qirg`iziston biznes forumi va Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1