AsosiyJinoyat

Yangiyo`lda tuman kadastr bo`limi boshlig`i vazifasini bajaruvchisi tadbirkordan pora olayotgan vaqtda ushlandi

'Yangiyo`lda tuman kadastr bo`limi boshlig`i  vazifasini bajaruvchisi tadbirkordan pora olayotgan vaqtda ushlandi'ning rasmi

Kadastr agentligining Toshkent viloyati, Yangiyo`l tuman bo`limi boshlig`i vazifasini vaqtincha bajaruvchi S.J. “R.M.” MChJ tomonidan qurilgan “Avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor” shahobcha binosining kadastr hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga, jamiyat rahbaridan 10 tonna sement olib berishni talab qilib, sementni bozor narxida o`rtacha 10 mln so`mga hisoblab, dastlab “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi uchun akkumulyator hamda 500 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan S.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar