AsosiyJamiyat

O`zbekistonga sementni olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo`llaniladi

'O`zbekistonga sementni olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo`llaniladi'ning rasmi

O`zbekistonga sementni olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo`llanilishi haqida Farmon qabul qilindi.

Farmonga ko`ra, uy-joylar narxini arzonlashtirish maqsadida 2021 yil 1 apreldan yangi tartib doirasida:

ko`p kvartirali uy-joylar qishloq joylarda 5 va undan yuqori qavatli, shaharlarda 9 va undan yuqori qavatli, monolit temir-beton va yirik panelli konstruksiyalar hamda boshqa qurilish materiallari asosida massiv shaklida quriladi;

uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun mo`ljallangan sement hamda metall prokati bo`yicha alohida birja savdo seksiyasi joriy qilinadi;

2021 yil 1 oktyabrgacha sement mahsulotini (TIF TN kodi 2523) O`zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo`llaniladi.  

 2021 yil 1 maygacha yakka tartibdagi uy-joylarning namunaviy loyihalari ishlab chiqilib, Qurilish vazirligi rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar