Toshkentda "O`zbekistonda o`qituvchilarning malakasini oshirish yondashuvlarini moslashtirish va ko`lamini kengaytirish" ilmiy loyiha Boshqaruv qo`mitasining virtual yig`ilishi bo`lib o`tdi. Tadbirda O`zbekiston Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari Usmon Sharifxodjaev, shuningdek YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi, Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tekshirish instituti hamda O`zbekiston Milliy universiteti vakillari ishtirok etdi.
Xalqaro taraqqiyot tadqiqot markazi ko`magida tashkil etilgan tadbirdan asosiy maqsad - milliy manfaatdor tomonlar bilan birgalikda o`qituvchilarning malakasini oshirish modellarini ishlab chiqishdan iborat.
Xalq ta`limi vazirligining xabar qilishicha, YuNESKOning "Gana, Gonduras va O`zbekistonda o`qituvchilarning malakasini oshirish yondashuvlarini moslashtirish va ko`lamini kengaytirish" loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot tadqiqot markazi tomonidan (GPE -KIX) Ta`lim sohasidagi bilimlar va innovasion almashuv bo`yicha global hamkorlik tashabbusi doirasida O`zbekistondagi o`qituvchilar malakasini oshirishga 435 ming AQSh dollar ajratilishi ko`zda tutilgan.
Ikki yillik loyiha (2020-2022) doirasida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Navoiy va Toshkent viloyatlarida 150 maktab va 600 dan ortiq o`qituvchilarni jalb etgan holda ularning malakasini oshirish modeli ishlab chiqiladi.