Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n uchinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar bermoqda.
Unda senatorlar, Vazirlar Mahkamasi mutasaddilari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a`zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
Videokonferensaloqa tarzida o`tkazilayotgan yalpi majlisni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bormoqda.