Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat ta`tili olib O`zbekistonga kelgan, biroq pandemiya sababli ish joyiga qaytib keta olmayotgan fuqarolarning mazkur davlatdagi o`z ish joylariga yuborishga ko`maklashilmoqda.
Ana shunday fuqarolardan yana 39 nafari Toshkent xalqaro aeroportidan Koreya Respublikasiga uchib ketdi.
Shuni alohida ta`kidlash joiz, pandemiya davrida Koreya Respublikasiga kirib borish uchun karantin joyi tasdiqlangan va ruxsat berilgan fuqarolargina ushbu davlatdagi ish joyiga qaytib bormoqda.