Bugun, 12 mart kuni Qirg`iziston rahbarining O`zbekistonga davlat tashrifi doirasida Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaevaning uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati Axborot xizmati xabar bermoqda.

Muzokaralarda tomonlar ikki davlat o`rtasidagi o`zaro hamkorlik, shu jumladan, parlament darajasidagi masalalarni muhokama qildilar.
Parlament a`zolari o`rtasidagi yaqin munosabatlar ko`p sohalarda, jumladan, mintaqaviy aloqalarni rivojlantirishdagi hamkorlikni faollashtirishda o`ziga xos omil sifatida katta o`rin tutadi.

Tomonlar ikki mamlakat parlamenti a`zolari o`rtasida barcha darajalardagi aloqalarni faollashtirish hamda O`zbekiston va Qirg`iziston parlamentlari rahbarlarining o`zaro tashriflarni amalga oshirish amaliyotini davom ettirishdan manfaatdorligini bildirdilar.
