Yanvar oyida, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp davrida Pentagon Xiaomi va boshqa 8 ta Xitoy kompaniyalarini qora ro`yxatga kiritgan edi. Amerika rasmiylarining ma`lumotlariga ko`ra, bu kompaniyalar harbiy-sanoat kompleksi va XXR razvedka xizmatlari tomonidan nazorat qilgan. O`rnatilgan sanksiyalar AQSh fuqarolari va kompaniyalari tomonidan har qanday moliyaviy operasiyalarni taqiqlashni o`z ichiga olgandi. Bundan tashqari, amerikalik jismoniy va yuridik shaxslar Xiaomi -dagi aksiyalarini ma`lum sanagacha sotib yuborishlari kerak edi.
Bunga javoban Xitoy kompaniyalari qora ro`yxatga arzimas va tasdiqlanmagan sabablarga asoslanib kiritish konstitusiyaga zid ekanligini va AQSh rasmiylari Xiaomi ning razvedka xizmatlari bilan aloqadorligi to`g`risida hech qanday dalil keltirmaganligini da`vo qilib, Vashington shahridagi sudga murojaat qilgan edi.
12 mart kuni AQShning okrug sudyasi Rudolf Kontreras Pentagonning Xiaomi tomonidan mamlakatning milliy manfaatlariga tahdid solishi haqidagi xulosalari asossiz degan xulosaga keldi. Kompaniya ushbu qarorni mamnuniyat bilan qabul qildi.
Ma`lumot uchun, AQShda Huawei kompaniyasiga ham sanksiya o`rnatilgan. 2019 yilda AQSh Savdo vazirligi Xitoyning Huawei kompaniyasini qora ro`yxatga kiritdi va uni milliy xavfsizlikka tahdid deb e`lon qildi. Tramp razvedkada korporasiya tomonidan ishlab chiqarilgan gadjetlar foydalanuvchilari to`g`risidagi ma`lumotlarni XXR razvedkasiga taqdim etganligi to`g`risida dalillar mavjudligini ta`kidlagandi.
Risolat MAXSIMOVA tayyorladi