AsosiyIqtisodiyot

Naqd pullar qachon yaroqsiz hisoblanishini bilasizmi?

'Naqd pullar qachon yaroqsiz hisoblanishini bilasizmi?'ning rasmi

Naqd pullarning holati, ulardan foydalanish bilan bog`liq savollar ko`pchilikni qiziqtiradi. Markaziy bankka ijtimoiy tarmoqlar va boshqa rasmiy aloqa kanallari orqali kelib tushgan savollarga Markaziy bankning Naqd pul muomalasi departamenti direktori Fazliddin BOZOROVdan javob berdi. 

Xo`jalik yurituvchi sub`ektlar qanday holatdagi banknotlarni moneliksiz to`lovga qabul qilishlari lozimligi va tushum puli sifatida banklarga topshirishlari mumkinligi belgilangan. Xususan, bular:

  • har qanday qismida teshik yoki yirtilishlar, siyqalanishlar, (jumladan g`ijimlangan) dog`lar, qalam, siyoh va flomaster bilan yozilgan yozuvlari mavjud bo`lgan pullar;
  • yirtilgan va elimlangan pullar, agar pulning ikkala qismi shak-shubhasiz bitta banknotga tegishli bo`lsa;
  • bo`yoq moddalari va kislota to`kilgan, tabiiy rangi o`zgargan, kuygan, bo`yalgan yoki chizilgan pullar;
  • shikastlanish turi va joylashishidan qat`i nazar, banknot to`liq hajmining 55 foizidan kam bo`lmagan qismi saqlanib qolingan pullardir.

Bu talablar Markaziy bankning “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassasiya va qimmatliklarni tashishga doir yo`riqnoma” “so`m”ning to`lovga yaroqlilik belgilarni aniqlash qoidalari (2018 yil 29 iyunda 3028-son bilan ro`yxatga olingan)da belgilab berilgan.

Yanada aniqroq bo`lishi uchun tushuntirib o`taman.

Banklarda naqd pullarni saralash jarayonida ular “muomalaga yaroqli”, “eskirgan”, “to`lovga yaroqsiz” pullar toifalariga ajratiladi.

Siyqalanmagan, ya`ni banknot qog`ozining mustahkamligi, uni yana muomalada aylanishi uchun imkoniyat beradigan darajada mustahkam pullar “muomalaga yaroqli” banknotlar toifasiga kiradi.

Bunday banknotlarning shikastlanganligi quyidagi darajada bo`lishi talab etiladi:

  • hech qanday shikastlanish belgilariga ega bo`lmagan banknotlar;
  • banknotning ayrim qismiga (yoki qismlariga) yozilgan yozuvlar yoki bo`yalgan (bo`yoq to`kilgan) joyi banknot umumiy hajmining 5 foizidan oshmaydigan hamda pulning nominalini yoki uning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan banknotlar;
  • banknotning yirtilgan, teshilgan joyining diametri yoki yirtilib tushgan burchagi (qismi) 1 sm.dan oshmaydigan hamda ushbu shikastlanishlar banknotning nominalini yoki uning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan banknotlar;
  • rangi keskin tarzda o`zgarmagan banknotlar.

“Eskirgan” banknotlarga esa yuqoridagi talablarga javob bera olmaydigan pullar kiradi. Shu o`rinda savol tug`iladi. Eskirgan pullar savdo nuqtalarida qabul qilinadimi? Albatta. Eskirgan pullar to`lovga yaroqli hisoblanadi. Shu bois ular savdo nuqtalarida qabul qilinishi shart.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar