2021 yilning 12 fevral kuni Sariosiyo tumanida taxminan soat 17:20 lar chamasida, tumanning “Bog`iston” mahallasida yashovchi, A.T. tumanning “Bog`ishirin” mahallasida yashovchi, S.S.ni mahallasi hududida, ilgari A.T.ning opasini S.S. haqorat qilganligi uchun o`zaro janjallashib qolishadi, natijada A.T. S.S.ga qo`li bilan duch kelgan joylariga urib, “sog`lig`ining buzilishiga sababchi bo`lgan engil” tan jarohati etkazgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Axborotxizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan 2021 yilning 8 mart kuni A.T.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga engil shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.