AsosiySiyosat

Senat Raisi Xalqaro migrasiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo`yicha mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi bilan uchrashdi

'Senat Raisi Xalqaro migrasiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo`yicha mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi bilan uchrashdi'ning rasmi

15 mart kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaevaning Xalqaro migrasiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo`yicha mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi Zeynal Gadjiev bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi SenatiningAxborot xizmati ma`lum qildi.

Unda O`zbekistonda aholi bandligini ta`minlash, munosib ish joylari va mehnat sharoitlarini yaratish, tashqi migrasiya borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Xususan fuqarolarimizni chet davlatlarda huquqlari va manfaatlari, munosib ish bilan ta`minlanishi, odam savdosi qurbonlarini yurtimizga qaytarish masalalari, noqonuniy migrasiya va boshqa yo`nalishlardagi ishlarning olib borilishi to`g`risida so`z yuritildi.

Z. Gadjiev so`nggi yillarda mamlakatda chet elda faoliyat olib borayotgan mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qilish va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta`kidladi.

Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi va Xalqaro migrasiya tashkiloti bilan ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va yangi yo`nalishlarni qamrab olgan holda hamkorlik ko`lamini kengaytirish imkoniyatlariga urg`u berildi.

Samarali muloqotlar natijasida tomonlar xalqaro hamkorlik bo`yicha belgilangan vazifalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirib, o`zaro manfaatli masalalar bo`yicha aloqalarni yanada faollashtirish, XMT va O`zbekistonning tegishli idoralari o`rtasidagi aloqalarni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishishdi.

 

    Boshqa yangiliklar