AsosiyIqtisodiyot

AI-80 benzinining narxi pasaydi

'AI-80 benzinining narxi pasaydi'ning rasmi

O`tgan hafta davomida, ya`ni 15 – 21 mart kunlari "O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi"ga 35 965,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo`yildi va ulardan 14 588,0 tonnasi, ya`ni 40,6% sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 29 xaridor ishtirok etdi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining o`rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6 287,5 ming so`mdan 6 269,7 ming so`mgacha pasaydi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o`rtacha haftalik kotirovkasi 6 178,2 ming so`mni, AI-91 – 7 679,3 ming so`mni tashkil etdi.

Eslatib o`tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o`rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar