AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev bir guruh geologlarni taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirladi.

'Shavkat Mirziyoyev bir guruh geologlarni taqdirladi'ning rasmi

Hujjatga ko‘ra, geologiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, qazilma boyliklar geologiyasi, tadqiqot va qidiruv ishlarini rivojlantirish, strategik ahamiyatga ega mineral resurslarni aniqlish, yangi konlar va xomashyo zaxiralarini o‘zlashtirish, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan hissasi uchun qator mutaxassislar mukofotlandi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvoni bilan

 Mu’minov Tolibjon Xoliyorovich “Navoiyuran” davlat korxonasining “Zirabuloq” geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi.

 Ergashev Elmurod Xasanovich — “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari bosh geolog.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

 Nuraliev Rahmonali Azimovich — “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatining Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi burg‘ilash uchastkasi burg‘ilovchisi.

 Yallakabiyov G‘ulom — “O‘zbekgidrogeologiya” davlat muassasasining Markaziy O‘zbekiston dala gidrogeologiya ekspeditsiyasi yetakchi gidrogeologi.

“Do‘stlik” ordeni bilan 

 Bogdanov Aleksandr Nikolayevich — Neft’ va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutining neft va gaz konlari geologiyasi va istiqbolli ob’ektlarni baholash laboratoriyasi boshlig‘i.

 Shukurov Nosir Egamovich — H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining geokimyo laboratoriyasi boshlig‘i.

“Shuhrat” medali bilan

 Aripov Shahobiddin Paxritdinovich — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi eksperti.

 Jo‘rayev Sherali Izatilloyevich — “Navoiyuran” davlat korxonasining geologiya va qidiruv bo‘yicha direktori.

 Zairov Ilhom Matazimovich — “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining “Avtomobil va texnologik transporti” filiali og‘ir yuk mashinasi haydovchisi.

 Saitov Hamza Qahhorovich — “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatining Samarqand markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi buldozer mashinisti.

    Boshqa yangiliklar