AsosiyMadaniyat

“Muqimiy” filmi Qo`qonda premera qilindi

'“Muqimiy” filmi Qo`qonda premera qilindi'ning rasmi

Bugun “O`zbekkino” MA buyurtmasiga binoan “O`zbekfilm” DUK tomonidan suratga olingan “Muqimiy” filmi Farg`ona viloyati Qo`qon shahar musiqali drama teatrida premera qilindi.

Mazkur film tarixiy-badiiy janrda suratga olingan bo`lib, unda etuk ijodkor adib Muhammad Aminxo`ja Muqimiyning hayoti va ijodi tasvirlangan. Kinokartinaning asosiy voqealari adib tug`ilib o`sgan Qo`qon shahrida suratga olingan bo`lib, unda Muqimiy yashagan davr ko`rsatilgan.

Premeraga film ijodkorlari ham tashrif buyurishdi. Film postanovkachi rejissyori Fotih Jalolov, ssenariy muallifi Rustam Jabborov, postanovkachi operator Muzaffar Yusupov, postanovkachi rassom Alisher Umrzoqov.

 

    Boshqa yangiliklar