1

Rossiyaning bir nechta hududlarida “Sumbul” filmi namoyish etiladi

Madaniyat 30.03.2021, 13:21
Rossiyaning bir nechta hududlarida “Sumbul” filmi namoyish etiladi

“O`zbekkino” MA hamda “Tatarkino” bilan hamkorlikda suratga olingan “Sumbul” filmi Rossiyaning bir nechta hududlarida namoyish etiladi. B uhaqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

“Tatarkino” davlat muassasasi Tatariston Respublikasi Madaniyat vazirligi ko`magida Rossiya Federasiyasining bir nechta hududlarida “Tatar kinosi kunlari”ni o`tkazmoqda. Namoyishlarda filmlarning ijodiy guruhi ham ishtirok etadi.

Xanta-Mantiyskiy avtonom okrugida 3 apreldan 8 aprelga qadar “Tatar kinosi kunlari” bo`lib o`tadi. Kagalim, Pokachi va Nijnevartovsk hududlarida “Sumbul” va “Apipa” filmlari namoyish etiladi.

Shuningdek, “O`zbekkino” MA va “Tatarkino” hamkorligida suratga olingan “Sumbul” filmining 9-10 aprel kunlari Omskda, 29-30 aprel kunlari Sankt-Peterburgda namoyishlari o`tkaziladi.

“Sumbul” filmi drama janrida suratga olingan bo`lib, unda tataristonlik Sumbul ismli qizning yolg`onga uchragan muhabbati va haqiqiy baxtini topish yo`lidagi kechinmalari tasvirlangan.  

Ssenariy mualliflari Rashid Malikov va Ilfat Kamaleev, rejissyorlar Ramil Fazliev va Rashid Malikov.  

Rollarda Sabina Asanova, Eldar Xaydarov, Karim Mirhodiev, Nigora Karimboeva.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1