1

Dunyo koronavirus bilan ovora bo`lib turgan bir paytda Ispaniyada Al-Xorazmiy, Fransiyada Ibn Sino byusti yaratildi

Madaniyat 30.03.2021, 16:19
Teglar: Badiiy ijodkorlar uyushmasi
Dunyo koronavirus bilan ovora bo`lib turgan bir paytda Ispaniyada Al-Xorazmiy, Fransiyada Ibn Sino byusti yaratildi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda O`zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi o`rinbosari Nargiza Musaxo`jaeva pandemiya davrida Ispaniyada Al-Xorazmiy, Fransiyada Ibn Sino byusti yaratilgani haqida gapirdi.

Bugungi kunda O`zbekiston Prezidentining 5 ta tashabbusi bo`yicha “Rassom ustaxonasida mehmonda” loyihasi hamda "O`zbekiston manzaralari" aksiyasi yo`lga qo`yildi. Bunda yoshlar va ijodkorlar bilan ijodiy muloqot o`rnatildi. Respublikamizning ko`plab ijodkorlari tog`li xududlarda plenerlar tashkillashtirib ijodiy xarakat va izlanish olib bormokdalar.  

Karantin vaqtida ham O`zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining ko`plab rassomlari onlayn tarzda olib borilgan xalqaro ko`rgazmalarda, tanlovlarda ishtirok etib, o`zbek tasviriy va amaliy san`atini dunyo miqyosida targ`ib etdilar. Endilikda joriy 2021 yilning avgust oyida qo`shni mamlakatlar bilan xalqaro plener o`tkazishga tayyorgarlik ko`rilmoqda.

O`tgan yillar mobaynida 10 ta viloyatda va Toshkent shahrida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo`lgan harbiylarning 26 ta, Namangan viloyatidagi “Adiblar xiyoboni”da xalqimiz mashhur adiblarining 10 ta byusti o`rnatildi, Sirdaryo, Qarshi va Andijon shaharlarida 3 ta, Jizzaxda 2 ta,  poytaxtda esa 12 ta monumental haykal va 2 ta me`moriy yodgorligi va 3 byustlari o`rnatildi.

Ispaniyada Al-Xorazmiy byusti, Fransiyada Ibn Sino haykali yaratildi. Shu bilan birga “G`alaba” bog`ida rassom va haykaltaroshlar salmoqli mehnat qildilar. Yodgorlik majmuasini yaratish bo`yicha 16 ta haykaltaroshlik kompozisiyasi va muzeyini ijodkorlar mahobatli rangtasvir asarlari bilan boyitdilar.

Hozirda “2021 yil- Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”ga bag`ishlangan “Navqiron O`zbekiston” yosh iqtidorlarning respublika ko`rgazma-tanlovi hamda O`zbekiston Mustaqilligining 30 yillini bag`ishlangan “Ranglar jilosida – ona vatan” ko`rik-tanlovlari saralash bosqichlari o`tkazilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1