AsosiySport

Humo Arenada bo`lib o`tadigan boks janglarning barcha juftliklari ma`lum bo`ldi. Bitta jang bekor qilindi

'Humo Arenada bo`lib o`tadigan boks janglarning barcha juftliklari ma`lum bo`ldi. Bitta jang bekor qilindi'ning rasmi

3 aprel kuni Toshkentda bo`lib o`tadigan boks oqshomida 8 nafar o`zbekistonlik bokschilarning raqiblari ma`lum bo`ldi. Bu haqda gosport.uz xabar berdi.

Oldinroq, Murodjon Ahmadadaliev, Shahram G`iyosov, Isroil Madrimovlarning raqiblari haqida ma`lum qilingandi. Shuningdek, qolgan yana 5 nafar bokschining raqiblari ma`lum bo`ldi. Quyida ushbu juftliklar bilan tanishib olishingiz mumkin:

-57,15 kg. Mirazizbek Mirzahalilov (debyut) - Tasha Mjuaji (17-7-2, 5 KO; Tanzaniya) 6 raundlik jang

-69,85 kg. Iqboljon Xoldorov (debyut) - Kluva Bushiri (13-5-1, 5 KO; Tanzaniya) 6 raund

-90,7 kg. Sanjar Tursunov (2-0, 1 KO) - Ivan Yuxta (3-1-1, 2 KO; Ukraina) 6 raund

+90,7 kg. Bahodir Jalolov (7-0, 7 KO) - Kristaps Zyutis (7-1-2, 7 KO; Latviya) 6 raund  

-48,99kg. Hasanboy Do`smatov (2-0, 2 KO) — Muhsin Kizota (11-2, 5 KO; Tanzaniya). 10 raundlik WBA International chempionlik kamari uchun

-69,85 kg. Isroil Madrimov (6-0, 5 KO) — Emmani Kalombo (14-0, 14 KO; Tanzaniya) 10 raund

-63,5 kg. Shahram G`iyosov (10-0, 8 KO) — Patrisio Lopes Moreno (28-4, 20 KO; Meksika) 10 raundlik WBA International chempionlik kamari uchun jang

Markaziy jang

-55,34 kg. Murodjon Ahmadaliev (8-0, 6 KO) - Ryosuke Ivasa (27-3, 17 KO). 12 raund.

Ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBA va IBF chempionlik kamarlari uchun jang.

Fevral oyining oxirida ringga ko`tarilgan Elnur Abduraimov jangga qadar to`liq tayyor bo`la olmasligi sababli uning o`tkazilishi kutilgan jangi bekor qilindi. Shu tariqa Humo Arenada 8ta boks jangi tashkil qilinadigan bo`ldi.

 

    Boshqa yangiliklar