AsosiySport

Rasman: «Sport» telekanali Chempionlar Ligasi va yana to`rtta turnirning translyasiya huquqini qo`lga kiritdi

'Rasman: «Sport» telekanali Chempionlar Ligasi va yana to`rtta turnirning translyasiya huquqini qo`lga kiritdi'ning rasmi

O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi telekanallari orqali 2021/2022 yilgi mavsumdan boshlab Evropaning eng tomoshabop sport turnirlari translyasiya qilinadi.

«Sport» telekanali direktori Zohid Karimovning tvitterdagi sahifasida ma`lum qilishicha, yangi mavsumdan boshlab Evropa Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va yana uchta turnirni O`zbekiston hududida TV-translyasiya qilish huquqini MTRK qo`lga kiritgan.

«O`zbekiston MTRK futbol bo`yicha UEFA Chempionlar Ligasi, Evropa Ligasi, Konferensiyalar ligasi, Superkubok, o`smirlar ligasi musobaqalarining mamlakatimizda ko`rsatish huquqini oldi. Endi dunyoning eng ko`p ko`riladigan turnirlari Sport telekanalida namoyish etiladi», - deya yozgan «Sport» TV direktori tvitterdagi sahifasida.

Ta`kidlash joizki, so`nggi yillarda klublar o`rtasida Evropaning eng nufuzli turnirlari sanalmish EChL va Evropa ligasi o`yinlarini namoyish etish huquqi «UzReportTV» va «FutbolTV» kanallarida edi. 

    Boshqa yangiliklar