Mashina boshqarayotgan paytda telefonda gaplashish ta`qiqlanganligi haqida eshitganman, ammo ushbu holat yana takrorlanganda qanday chora ko`riladi?
O.Sobitov, Andijon shahri
Xolmatjon Saydaliev, YHXBB boshlig`i:
— Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 noyabrdagi 241-sonli qaroriga asosan, 2007 yil 1 yanvardan boshlab, haydovchilarning transport vositasini boshqarish chog`ida mobil aloqa vositasidan har qanday usulda foydalanish taqiqlangan. Bunday qonunbuzarlik uchun O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 1281-1 moddasiga asosan eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solinadi. Agar ma`muriy jazo qo`llanganidan keyin bir yil davomida yana xuddi shunday qoidabuzarlik sodir etilsa, eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solinadi yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oy muddatga mahrum etiladi.