1

Bu yil “Oskar-2020” marosimi ilk bor AQShdan tashqarida o`tkaziladi

Madaniyat 02.04.2021, 14:36
Bu yil “Oskar-2020” marosimi ilk bor AQShdan tashqarida o`tkaziladi

Pandemiyaga qaramay, dunyo bo`ylab xalqaro marosimlar o`tkazilmoqda. Yaqinlashib kelayotgan “Oskar-2020” mukofotining tashkilotchilari ham tarixda birinchi marta tadbirning bir qismini London va Parijda, ya`ni AQShdan tashqarida o`tkazishga qaror  qilishdi. Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligining telegramdagi rasmiy sahifasida ma`lum qildi. 

Marosim doim AQShda o`tkazilib kelingan. Ma`muriyatning bunday qarorga kelishiga marosim ishtirokchilarining ko`pi Los-Anjelesga tashrif buyurishdan xavotirda bo`lganligi sababdir. Prodyuser Steysi Sherning so`zlariga ko`ra, hozirda boshqa mamlakatlardan nomzodlar uchun translyasiya olib borish ob`ektlari tayyorlanmoqda.

Shunga qaramay, tashkilotchilar qonuniy va xavfsiz tarzda Amerikaga etib borish imkoniyatiga ega bo`lgan har bir kishini ushbu marosimda shaxsan ishtirok etishini ta`minlaydi. Shuningdek, xorijlik mehmonlar uchun maxsus karantin markazi qurilgan bo`lib, u erda marosim tugaguncha mehmonlarning xavfsizligi ta`minlanadi.

Marosim tashkilotchilaridan biri Stiven Soderbergning ta`kidlashicha, an`anaviy qizil yo`lakdagi odamlar soni ham cheklangan bo`ladi.

Ma`lumot o`rnida, “Oskar-2020” tantanali taqdirlash marosimi 25 aprel kuni bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1