5 aprel kuni O`zbekistonga Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif boshchiligidagi delegasiya tashrif buyuradi, deya xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi.
TIV ma`lum qilishicha, bo`lajak uchrashuvlar va muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi O`zbekiston-Eron aloqalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar bo`yicha ham fikr almashiladi.






