Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo bo`yicha "Katta Dubulg`a" turniri o`tkazilmoqda. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Musobaqaning birinchi kunida, ya`ni, 1 aprel kuni O`zbekiston vakili Diyora Keldiyorova (-52 kg) oltin medalni qo`lga kiritishga muvaffaq bo`ldi.
Finalda Keldiyorova ispaniyalik Estrella Lopesga qarshi tatamiga chiqdi.
Ta`kidlanishicha, Diyora jangga tirishqoqlik bilan kirishgan, unga g`alaba qozonish uchun atigi 24 soniya kifoya qilgan.
Seoynage texnikasi yordamida u oltin medalni qo`lga kiritgan.
Ushbu g`alaba tufayli Diyora Keldiyorova "Katta Dubulg`a" turnirida oltin medalni qo`lga kiritgan birinchi o`zbek qizi bo`ldi.
Medaldan tashqari, Keldiyorova Tokio-2020 uchun 1000 reyting ochkosini ham qo`lga kiritdi.






