AsosiySiyosat

Eron tashqi ishlar vaziri Toshkentga keldi

'Eron tashqi ishlar vaziri Toshkentga keldi'ning rasmi

Bugun Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

5 aprel kuni bo`lib o`tadigan O`zbekiston-Eron muzokaralarida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi o`zaro munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Tashrif dasturiga binoan Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbarining “Hazrati Imom” majmuasi va Islom sivilizasiyasi markaziga tashrif buyurishi, Toshkentning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar