2021 yil 5 aprel kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Byon Sok rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keldi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar qildi.
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida yuksak martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev, Koreyaning O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kan Chje Kvon va boshqa rasmiylar kutib oldilar.


