AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Buyuk Britaniya Qirolichasiga hamdardlik bildirdi

'Shavkat Mirziyoev Buyuk Britaniya Qirolichasiga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasiga hamdardlik bildirdi:

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya

Birlashgan Qirolligi Qirolichasi

Elizaveta II Hazrati Oliyalariga

 

Hazrati Oliyalari!

Turmush o`rtog`ingiz - Edinburg gersogi, shahzoda Filipp Hazrati Oliylari vafot etgani munosabati bilan Sizga samimiy ta`ziya va hamdardlik izhor etaman.

Buyuk Britaniya xalqi uchun musibatli bo`lgan ushbu damlarda Siz uchragan judolikka qayg`udoshman.

Shunday og`ir bir pallada Siz, Hazrati Oliyalariga va qirollik oilasining barcha a`zolariga sabr-toqat va bardamlik tilayman.

 

Shavkat Mirziyoev,

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Boshqa yangiliklar