Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.K. tumandagi “Kommunal ta`mirlash-avariyani tiklash xizmati” MChJ nazoratchisi S.X. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro M.ning ishonchiga kirib, tuman hokimligi tomonidan operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan oilaviy yotoqxonadan bitta xonadonni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va`da qilib, evaziga 5 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan E.K. va S.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.