AsosiyIqtisodiyot

Antimonopol qo`mitasi ichki bozorda o`simlik yog`i mahsulotlari narxi oshib ketganiga izoh berdi

'Antimonopol qo`mitasi ichki bozorda o`simlik yog`i mahsulotlari narxi oshib ketganiga izoh berdi'ning rasmi

Joriy yilning mart-aprel oylarida kungaboqar va paxta yog`lari narxlari keskin oshganligi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda.

Holatdan kelib chiqib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan ichki bozorda o`simlik yog`i mahsulotlari narxlari o`zgarishi tahlil qilib borilmoqda.

Sanitariya qoida va me`yorlariga muvofiq respublika bo`yicha yiliga 300 ming tonnadan ortiq o`simlik yog`i talab etiladi.

2020 yilda aholi iste`moli uchun 450 ming tonnadan ziyod o`simlik yog`i muomalaga chiqarilgan bo`lib, shundan yarmidan ortiqrog`i import qilingan.

Ichki bozorlarda narxlar keskin o`sishiga birinchi navbatda tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va o`tgan hosil yilida etishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo`lishi munosabati bilan asosiy etkazib beruvchilardan bo`lgan qo`shni davlatlarda kungaboqar yog`i va urug`i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddati uzaytirilishi ham ta`sir etdi.

O`z navbatida, import asosida olib kelinadigan kungaboqar yog`i va urug`i narxlarining oshishi mahalliy paxta yog`i narxlariga ham bevosita o`z ta`sirini ko`rsatdi.

Shu bilan birga, mahsulotga bo`lgan talabni qondirish uchun ichki bozorda taklif etarli darajada ekanligi ham ma`lum bo`ldi.

Yuqoridagilarga asosan, ichki bozorda o`simlik yog`i narxlarini barqarorlashtirish maqsadida barcha mutasaddi vazirlik va idoralar birgalikda barcha zarur choralarni ko`rayotganligi ma`lum qilinadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar