AsosiySiyosat

O`zbekiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri bilan onlayn-uchrashuv o`tkazadi

'O`zbekiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri bilan onlayn-uchrashuv o`tkazadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon 14 aprel kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o`tkazadilar.

Tadbir kun tartibidan ikki tomonlama amaliy sheriklik va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari o`rin olgan.

Asosiy e`tibor Transafg`on temir yo`lini qurish loyihasini birgalikda ilgari surish, o`zaro savdo hajmini oshirish, ikki mamlakatning etakchi korxona va kompaniyalari o`rtasidagi kooperasiyani kengaytirish, aviaqatnovlarni tiklash, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirishga qaratiladi.

O`zbekiston va Pokiston etakchilari xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashib, bo`lajak tadbirlar rejasini ko`rib chiqadilar.

Sammit yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya va ta`lim sohalariga oid qator qo`shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar