1

Xiaomi hamyonbop Mi 4S smartfonini ishlab chiqardi

Hi-tech 24.02.2016, 17:10
Xiaomi hamyonbop Mi 4S smartfonini ishlab chiqardi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Mi 5 smartfoni bilan birgalikda qurilmaning 2014 yilda ishlab chiqarilgan variantining mukammallashtirilgan ko`rinishi Mi 4S smartfonini ham taqdim etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda

Smartfon Barselona shahrida o`tkazilayotgan MWC 2016 ko`rgazmasi doirasida namoyish etilgan. 

Yangi smartfon yangilangan dizaynga ega. Biroq uning ekrani diagonali o`zgarishsiz ya`ni 5 dyuymli Full HD tarzida qoldirilgan. 

Shuningdek, smartfonning ichi ham o`zgargan. Endilikda u 64 bitli, 6 yadroli Qualcomm Snapdragon 808 prosessori bilan ta`minlangan. Bundan tashqari qurilma 3 Gb operativ xotira va 64 Gb hajmli ichki xotiraga ega.

Smartfon 13 megapikselli asosiy kamera va 5 megapikselli old kamera bilan ta`minlangan. 

Akkumulyator hajmi 3260 mAs(megaAmper/soat)

Shuningdek, smartfonning orqa qismida barmoq izlari skaneri o`rnatilgan. U to`rt xil: oq, sariq, pushtirang va qora ranglarda ishlab chiqarildi. Smartfon Xitoyda 1 martdan boshlab sotuvga chiqariladi. Uning narxi 260 AQSh dollarini tashkil etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1