AsosiySiyosat

Boku va Agdam shaharlarida tashkil etilgan Turkiy Kengash doirasidagi axborot va media sohasida yig`ilish o`z nihoyasiga etdi

'Boku va Agdam shaharlarida tashkil etilgan Turkiy Kengash doirasidagi axborot va media sohasida yig`ilish o`z nihoyasiga etdi'ning rasmi

Ozarbayjonning Boku va Agdam shaharlarida tashkil etilgan Turkiy Kengash doirasidagi axborot va media sohasida yig`ilish kecha o`z nihoyasiga etdi.

Mazkur yig`ilishda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjaev rahbarligidagi O`zbekiston delegasiyasi ham ishtirok etdi.  

Tadbir doirasida bir qator muhim uchrashuvlar o`tkazildi, sohani yanada rivojlantirish hamda Kengashga a`zo mamlakatlar o`rtasida keng ko`lamli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan takliflar bildirildi.  

Tashrifning uchinchi kunida Asadjon Xodjaev Tog`li Qorabog`da bo`ldi.  

AOKA rahbari O`zbekiston ushbu hududda ro`y bergan noxush hodisalar tufayli buzilgan ko`hna obidalar, madaniyat va ma`rifat maskanlarini tiklash ishlariga hissa qo`shishga tayyor ekanini bildirdi.  

Shu tariqa Turkiy Kengash doirasidagi axborot va media sohasida yig`ilish hamda uning doirasidagi boshqa tadbirlar yakunlandi.

    Boshqa yangiliklar