2021 yil 13-16 aprel kunlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbaeva boshchiligidagi delegasiyaning Rossiya Federasiyasiga (Moskva va Sankt- Peterburg) rasmiy tashrifi bo`lib o`tadi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida Moskva shahrida O`zbekiston delegasiyasi Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi V.Matvienko va Davlat Dumasi Spikeri V.Volodin bilan uchrashishi kutilmoqda.
2021 yil 15-16 aprel kunlari delegasiya a`zolari Sankt-Peterburg shahrida bo`lib, MDH Parlamentlararo assambleyasining navbatdagi yig`ilishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.






